Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudirining Moskvaga safari

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va A.V. Vishnevskiy nomidagi Rossiya Federasiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi Xirurgiya instituti o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida joriy yilning 5 fevralidan 10 fevraliga qadar institutimizning Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori B.B. Safoyev Rossiya Federasiyasi Moskva shahrining qator o’quv va ilmiy muassasalariga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida professor B.B. Safoyev Federal davlat byudjet muassasasi A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Revishvili Amiran Shotaevich bilan uchrashdi. Mazkur tashrif davomida institutimiz vakili ikki ta’lim muassasasining istiqboldagi rejalari va bir qator kelishuvlar doirasida fikr almashishdi. Tashrif davomida Buxoro shahridagi jarrohlar bilan birgalikda rejalashtirilgan o'zbek-rossiya forumi bo'yicha chora-tadbirlar rejasini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.


       Akademik Amiran Shotaevich Revishvilining qabulida

   
Bakodir Barnoyevich A.V. Vishnevskiy nomidagi Jarrohlik institutining uslubiy va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari t.f.d., professor Aleksandr Aleksandrovich Teplov bilan.

 

 






     




Professor B.B. Safoyev N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasida ham bo’lib, ushbu kafedra mudiri hamda universitetning travmatologiya va ortopediya klinikasi direktori Yegiazaryan Karen Albertovich bilan uchrashdi. Ushbu kafedrada BDTI va RMTTU orasida hamkorlik to’g’risida imzolangan bitim doirasidagi ta’lim dasturiga ko’ra, hozirgi vaqtda institutimiz yosh olimlari umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi assistentlari Ahmedov Shamshod va Hamroyev Bekzodlar 2018 yilning 12 yanvaridan 12 martgacha amaliyot o’tmoqdalar.


     A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya institutining yara va yara infektsiyalari markazi rahbari, Moskva shahar Sog'liqni saqlash boshqarmasi Shoshilinch bolalar jarrohlik va travmatologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, tibbiyot fanlari nomzodi, endokrinolog-jarroh Mitish Valeriy Afanasyevich bilan.

 
 Professor Bakodir Barnoevich Safoevning A.N. Bakulev nomidagi Respublika yurak-qon tomir jarrohlik ilmiy-amaliy markaziga tashrifida xalqaro bo’lim boshlig’i Anikina Marina Alekseevna bilan uchrashdi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

“Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari jahon kezadi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida

17 February 2018
“Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari jahon kezadi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida

2018 yil 14 fevral kuni institut ARM o‘quv zalida O‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rinni egallagan adib, shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zaxiriddin Muhammad Bobur...

Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir”

14 February 2018
Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir”

VIRTUAL QR-KODLI KITOBLAR SIZ UCHUN Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir” Smartfon orqali 200 badiiy adabiyotlar virtual kutubxonada.“Mobil kutubxona” rasmli muqova QR-kodi orqali smartfon yordamida bepul kitoblarni yuklab olish...

Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudirining Moskvaga safari

13 February 2018
Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudirining Moskvaga safari

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va A.V. Vishnevskiy nomidagi Rossiya Federasiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi Xirurgiya instituti o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida joriy yilning 5 fevralidan 10...

“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti

12 February 2018
“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti

“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti 2018 yil 9 fevral kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Ilm-fan va tibbiy ta’lim bosh...