GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH OYLIGI MUNOSABATI BILAN “YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIKNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN TADBIR TO‘G‘RISIDA

2018 yil 10 fevralda Buxoro davlat tibbiyot instituti katta majlislar zalida institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Yoshlar orasida giyohvandlikni oldini olish” mavzusida Buxoro viloyati va Buxoro shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi xodimlari hamkorligida tadbir tashkil etildi. Tadbirda taklif etilgan mutaxassislardan Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Xodiev, viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi bo‘lim vakili M.Safarov, Buxoro shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Sodiqov, Buxoro shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi bo‘limi katta tezkor vakili F.To‘raev, Buxoro shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi bo‘limi tezkor vakili M.Tagaevlar ishtirok etishdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan institut ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori v/b Z.S.Baxronova ochib, bugungi tadbir mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi munosabati bilan “Yoshlar orasida giyohvandlikni oldini olish” mavzusida tashkil etilayotganligini va uning oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuntirish berib o‘tdi hamda tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi.

image001
Tadbirda Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Xodiev va viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili M.Safarovlar giyohvandlikning zarari, giyohvandlik vositalari va keltirib chiqarayotgan oqibatlari,  yoshlar orasida giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va jinoiy javobgarlikka tortilgan yoshlar to‘g‘risida misollar bilan tushuntirishib, statistik ma’lumotlarni aytib o‘tishdi.

image003

image006 
Shuningdek, institut Nevrologiya va psixiatriya kafedrasi o‘qituvchisi  t.f.n. U.I.Qo‘chqorov “Giyohvandlik va uning natijasida kelib chiqadigan asoratlari” to‘g‘risida gapirib, prezentatsiyalarda ko‘rsatib o‘tdi.

image007
Tadbir davomida viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ikki yo‘l orasida” nomli videorolik yoshlarga namoyish etildi.
 image009

image011
Shundan keyin, talaba-yoshlar bundan kerakli xulosalar qilishganliklarini bildirib, o‘zlarining fikr-mulohazalari aytib o‘tishdi.

image013   
Ma`naviyat  va  ma`rifat  bo`limi

 

“Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari jahon kezadi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida

17 February 2018
“Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari jahon kezadi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida

2018 yil 14 fevral kuni institut ARM o‘quv zalida O‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rinni egallagan adib, shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zaxiriddin Muhammad Bobur...

Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir”

14 February 2018
Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir”

VIRTUAL QR-KODLI KITOBLAR SIZ UCHUN Loyiha “Mobil kutubxonada: shu yerda va hozir” Smartfon orqali 200 badiiy adabiyotlar virtual kutubxonada.“Mobil kutubxona” rasmli muqova QR-kodi orqali smartfon yordamida bepul kitoblarni yuklab olish...

Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudirining Moskvaga safari

13 February 2018
Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va travmatologiya kafedrasi mudirining Moskvaga safari

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va A.V. Vishnevskiy nomidagi Rossiya Federasiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi Xirurgiya instituti o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida joriy yilning 5 fevralidan 10...

“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti

12 February 2018
“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti

“Elchixonaning ilmiy mutaxassislari” dasturi asosida AQSHlik mutaxassis Liya Vinsentning ma’ruza taqdimoti 2018 yil 9 fevral kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Ilm-fan va tibbiy ta’lim bosh...