“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish – davr talabi” mavzusida seminar va davra suhbati

2018 yil 4 may kuni institut katta majlislar zalida mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va bu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish hamda bevosita soha mutaxassislari ishtirokida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish – davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida institut rektori A.Sh.Inoyatov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. Z.S.Baxronova, Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi A.Xoliqov, viloyat IIB xodimi E.Qobilov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosarlari dotsent G.N.Qurbonova, L.Z.Nasrieva, kafedra professor o‘qituvchilari va
1-2-bosqich talabalar ishtirok etishdi.

mayh4 (1)

Institut rektori A.Sh.Inoyatovning aytishicha, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari Prezidentimiz raisligida 2017 yil 15 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan edi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda bu yo‘nalishda bir qancha davlat huquq-tartibot organlari, tashkilot va muaassasalar oldiga hamkorlikda ishlash bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa jamoatchilik vakillarining hamkorligini kuchaytirish va mas’uliyatini oshirishga ham e’tibor qaratildi.

mayh4 (1)

mayh4 (1)

Shuningdek, Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi A.Xoliqov va viloyat IIB xodimi E.Qobilovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori va uning mazmun mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Ular tomonidan bugungi kunda mamlakatimiz va viloyatda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’ruza qilinib, statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tildi. Ularning aytishicha, ushbu qarorga ko‘ra oyning har payshanba kuni huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika kuni deb belgilangan. Mana shu yo‘nalishda qabul qilingan qarorlar ijrosi va olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida mamlakatimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilik o‘tgan yilgiga nisbatan 46%ga kamayishiga erishildi. Lekin, yoshlar o‘rtasida hali hanuz huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamayishiga erishilgani yo‘q. Shuning uchun ham yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa jamoatchilik vakillarining hamkorligini kuchaytirish va mas’uliyatini oshirishga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

mayh4 (1)

Shundan keyin, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlarning mudhish ahvolini ko‘rsatib beruvchi “So‘ngi bekat” nomi videolavha namoyish etildi. Ushbu videolavhada dunyoda va mamlakatimizda sodir etilgan turli darajadagi huquqbuzarliklar va jinoyat turlari bo‘yicha ma’lumotlar statistik ko‘rinishda berilganligi va jazoga tortilganlarning o‘z qilmishidan pushaymonligi talabalarga ibratli tarzda ta’sir etdi.
Tadbir so‘ngida talabalar ko‘rsatilgan videolavha to‘g‘risida o‘z shaxsiy fikrlarini bildirishib, keyinga hayotlarida amalga oshiradigan hatti-harakatlari bo‘yicha to‘g‘ri xulosa chiqarishga doimo e’tibor qaratishlarini aytib o‘tishdi.

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi