ALMA MATERIMIZGA XALQARO TASHRIFLAR

 

rashsh (2)

Joriy yilning 5 may kuni institutga Rossiyaning ikki yirik ta'lim muassasasi -Omsk davlat tibbiyot universiteti va Dalnevostok davlat tibbiyot universitetidan olimlar tashrif buyurdi. Omsk davlat tibbiyot umiversitetining terapevtik stomatologiya kafedrasi dotsenti Alesksandr Ivanovich Musiyenkoning tashrifi davomida viloyatda mazkur sohaning rivojlanish loyihalari bilan tanishuv va terapevtik stomatologiyaning asosiy mavzularida mahorat darslari va ma'ruzalar o'qidi.
2018 yilning fevral oyida ODTI va BuxDTI o'rtasida ta'lim va ilmiy yo'nalish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Bugun esa Dalnevostok davlat tibbiyot universiteti bilan o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolandi. DVDTU tomonidan bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Antonova Aleksandra Anatolevna qatnashdi.
Shu kunning o'zida yana institutga Rossiya Federasiyasi markaziy federal okrugi bosh pediatri, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya tibbiyot akademiyasining pediatriya kafedrasi mudiri Zaxarova Irina Nikolayevna tashrif buyurdi va bolalar kasalliklarining asosiy masalalari haqida ma'ruza o'qidi. Tashrifdan asosiy maqsad pediatriyaning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Shuningdek, professor institutimizning bolalar xirurgiyasi va pediatriya kafedrasi olimlari bilan hamkorlikda "Vitamin D va uning bolalardagi roli. Gipovitaminoz D, muammolar va yechimi" mavzusida talaba-magistrlar va klinik ordinatura rezidentlari hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyatining vrachlariga mahorat darslari o'tdi.
Bunday tashriflar institutda malakali kadrlar tayyorlashda samarali natija ko'rsatish bilan birga ta'lim muassasaning hamkorlik aloqalarini kengayishiga xizmat qiladi.

rashsh (3)

 

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)

rashsh (3)