MEST MEDIFEMA ASSISTANCE (IZMIR/TURKEY) BUXORODA

image002-10-05-2018-1

Kuni kecha Turkiyaning mashhur Mest Medifema tibbiyot kompaniyasi bosh menejeri Doktor Koray Soysuren janoblari boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi. Mazkur tibbiy kompaniya tibbiyot turizmi bo’yicha yuqori darajali tibbiy xizmat ko’rsartuvchi dunyoning olti kompaniyalari ichiga kirgan.

 

Shuningdek, ushbu markaz 1000 dan ziyod akkreditatsiyalangan tashkilotlari va uchinchi tomon bilan hamkorlik qilish maqsadida ochilgan 9000 dan ortiq tibbiy xizmatni yo’lga qo’ygan tashkilotlar shu jumladan keng miqyosli sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari tarmog'i orqali samarali boshqaruvni ta'minlagan.

Mest Medifema kompaniyasi yuqori darajali tibbiy xizmat ko’rsatish maqsadida har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan va bunday faoliyat bilan shug’ullanuvchi global tarmoqni yo’lga qo’ygan. Mehmonlar institut rektori A. Sh. Inoyatov bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari bo’yicha qator masalalarni muhokama qilishdi. Shu jumladan, markazda malakali mutaxassislarni tayyorlash haqida ham mulohaza olib borishdi.

Turkiya tomoni bir qator tajribaviy loyihalarni taklif qildi: ma’lumotlar uzatish, dializ markazini yaratish va ularni tibbiy uskunalar bilan jihozlash, xalqaro standartlarga muvofiq sifat sertifikatlashni amalga oshirish kabi qator loyihalarni taklif qilishdi.

Uchrashuv nihoyasida tomonlar uch tomonlama - Mest Medifema Assistance (Izmir/TURKEY – Buxoro davlat tibbiyot instituti va Buxoro viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlik bayonnomasini tuzishga kelishib olishdi.

image004

image006

image008

image010

image012