INSTITUT PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TUMAN VA SHAHAR HOKIMLARI BILAN O‘QUVLAR O‘TKAZMOQDA

         2018 yil aprel-may oyi davomida institut ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari o‘quvida ishtirok etishdi. Professor-o‘qituvchilar ushbu o‘quvlar davomida ma’ruzalar va seminar-treninglar o‘tkazishib, hokim o‘rinbosarlarini bugungi shiddat bilan tez o‘zgarayotgan zamonda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, ularni hayotga tadbiq etish, odamlar bilan ishlashda qanday yo‘l tutish, masalarni echimini topishda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishni bilish va eng asosiysi o‘z xizmat lavozimi vazifalarini hamda yuqori davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini tushunish va ular asosida ishlashni o‘rganishga e’tiborlarini qaratishdi. Bunday o‘quvlar oy davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Shofirkon, Qorovulbozor, Kogon shahri va Kogon tumanlarida o‘tkazildi.

image002

image002

image002

image002

image002

image002

 

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi,

ijtimoiy fanlar kafedrasi