MAHALLA BONG URADI: DABDABALI TO‘Y – BAXT KAFOLATI EMAS

2018 yil 23 apreldan 7 may kunlari davomida Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil 27 apreldagi 6/2227-sonli manzilli rejasiga asosan Buxoro viloyati Kogon shahri, Kogon, Qorovulbozor va Shofirkon tumanlari mahallalari aholisi orasida institut ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Mahalla bong uradi: dabdabali to‘y baxtli hayot kafolati emas” mavzusida uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.

image001-12-05-2018-2

 

image002

image003

 

image004

Uchrashuv va tadbirlar davomida ma’ruzachilar mahalla hududida o‘tkaziladigan to‘y hashamlar va marosimlarni ixchamligini ta’minlash, tartibga keltirib o‘tkazish maqsadida mahallada bo‘ladigan har bir to‘y-hasham, o‘g‘il to‘yi, beshik to‘yi, aqiqa va boshqa turli marosimlarni ixchamligini ta’minlash uchun mahalla xodimlari va faollar bundan doimo xabardor bo‘lishlari kerakligini ta’kidladilar. Bugungi kunda to‘y marosimlarida taklif etiladiganlar soni 150-170 kishidan oshmasligi va yosh bolalar to‘ylarga bormasligi kerakligi, to‘y va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masala ekanligini e’tirof etib o‘tdilar.

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi,

institut ijtimoiy fanlar kafedrasi