XALQARO MORFOLOGLAR ASSOTSIATSIYASINING MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGAShI TO‘G‘RISIDA

Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasining muvofiqlashtiruvchi kengashi bo‘lib o‘tdi.
Kengashni Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasi prezidenti R.F.A. a’zosi, professor V.V.Banin va Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasi faxriy prezidenti R.F.A. haqiqiy a’zosi, akademik D.V.Bajenov lar olib borishdi. Kengash ishida Rossiya, Belorussiya, Moldaviya, Ukraina, Estoniya, O‘zbekiston davlatlaridan muvoffiqlashtiruvchi kengash a’zolari ishtirok etishdi. Kengashda O‘zbekiston Respublikasidan muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi professor Sh.J.Teshayev ishtirok etdi. Muvoffiqlashtiruvchi kengashda Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasining XIV kongressini Rossiyaning Astraxan shahrida o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar, kongress dasturini tuzish va unda ko‘rib chiqiladigan ma’ruzalarning holati, ilmiyligi va yangiligiga e’tibor qaratildi.
Yosh olmlar konkursini Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasining XIV kongressida o‘tkazilishi va ularni taqdirlash masalalari muhokama qilindi. Muvoffiqlashtiruvchi kengashda Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasi XIV kongressida ma’ruza bilan ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respuplikasi tomonidan Buxoro davlat tibbiyot instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “Sravnitelnaya xarakteristika morfometricheskix parametrov golovi i chelyustno-litsevoy oblasti u detey s saxarnim diabetom I tipa” mavzusidagi ma’ruza taqdim etildi va kengash a’zolari tomonidan Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasining XIV kongressi dasturiga kiritish tavsiya etildi.
Kengashda MDH davlatlari tibbiyot institutlari morfologik kafedralarida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida har bir kengash a’zosi tomonidan ma’lumotlar berildi va morfologiyaning dolzarb muammolari muhokama qilindi. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi professor Sh.J.Teshayev Buxoro davlat tibbiyot instituti morfologik kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi va qizg‘in muhokama qilindi.